Do'konlar uchun inventarizatsiya

Inventarizatsiyani telefonda, tez va xatosiz.

ERP'dan Excel'ni yuklang, xodimlar telefon kamerasi, Bluetooth skaner yoki ovoz bilan sanaydi — siz o'sha formatdagi tayyor Excel'ni sistemaga qaytarasiz.

Mutlaqo bepul: tarif va reklama yo'q.

Telefondagi sanash ekrani: shtrix-kod o'qilgan, mahsulot soni kiritilmoqda

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Excel'ni yuklang

    1C yoki boshqa ERP'dan qoldiqlarni Excel'ga chiqaring va Counter'ga yuklang.

  2. 2

    Xodimlar telefonda sanaydi

    QR-havola orqali kiradi, parol shart emas. Skanerlash, qidirish yoki ovoz bilan kiritadi.

  3. 3

    Tayyor Excel'ni import qiling

    Faqat «Фактический остаток» to'ldirilgan, qolgan hamma narsa asl fayldagidek.

Imkoniyatlar

Kamera va Bluetooth skaner

Shtrix-kod, QR, DataMatrix va «Asl belgisi» kodlari.

Ovoz bilan kiritish

«o'n besh» yoki «пятнадцать» — son o'zi yoziladi.

Oflayn ishlash

Internet uzilsa ham kiritishlar yo'qolmaydi.

Buzilgan va qaytarilgan hisobi

Butun, buzilgan va qaytariladigan alohida sanaladi.

Bir nechta do'kon

Cheksiz do'kon, admin va xodim.

Mutlaqo bepul

Hech qanday tarif yoki to'lov yo'q.

Ko'p so'raladigan savollar

Haqiqatan ham bepulmi?

Ha. Counter — Databek'ning mutlaqo bepul mahsuloti: tarif, to'lov va funksiya cheklovlari yo'q.

Qaysi ERP'lar bilan ishlaydi?

Excel'ga eksport va importni qo'llaydigan har qanday tizim: 1C va boshqalar. Shablon ustunlarni moslaydi.

Internet bo'lmasa-chi?

Sanash oflayn davom etadi, ma'lumotlar telefonda saqlanadi va internet qaytganda yuboriladi.

Xodimlar hisobdagi qoldiqni ko'radimi?

Yo'q. Xodim faqat o'zi kiritgan sonni ko'radi — bu xolis sanashni ta'minlaydi.

Qanday skanerlar mos keladi?

Telefon kamerasi va klaviatura (HID) rejimidagi har qanday Bluetooth yoki USB skaner.

Keyingi inventarizatsiyani telefonda o'tkazing

Mutlaqo bepul: tarif va reklama yo'q.