Maxfiylik siyosati

Counter xizmat ishlashi uchun quyidagilarni saqlaydi: tashkilot nomi; adminlarning ismi, emaili, parolning xeshi va Google bilan kirganda Google hisobi identifikatori; yuklangan Excel fayllar va ulardagi ma'lumotlar; sanash natijalari.

Xodimlar (sanovchilar) uchun email yoki parol so'ralmaydi: admin kiritgan ism, qurilma identifikatori va qurilma nomi (brauzer va tizim) saqlanadi.

Xavfsizlik uchun kirish sessiyalarida IP-manzil va brauzer ma'lumoti (user agent), audit jurnalida amallar va IP-manzil yoziladi. Audit jurnali 12 oy, server kirish loglari 30 kun saqlanadi. Xatolar hisoboti Databek'ning o'z serverida yuritiladi va unga email manzillar hamda havolalardagi tokenlar tushmaydi.

Cookie faqat kirish, qurilmani tanish, til va tanlangan do'kon uchun ishlatiladi. Reklama va kuzatuv cookie'lari yo'q.

Ma'lumotlar Niderlandiyadagi serverda saqlanadi. Tashqi xizmatlardan xatlarni yetkazuvchi pochta provayderi ishlatiladi, unga email manzil va xat matni beriladi; admin Google bilan kirishni tanlasa, Google bizga ismi, emaili va hisob identifikatorini beradi. Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.

Yuklangan Excel fayllar 90 kun saqlanadi. Email tasdiqlanmagan tashkilotlar 14 kundan keyin o'chiriladi.

Admin tashkilotni «Sozlamalar» bo'limida parolini kiritib o'chira oladi: ma'lumotlar darhol o'chiriladi, audit yozuvlaridan shaxsiy ma'lumotlar olib tashlanadi. Zaxira nusxalarda ular 6 oygacha qolishi mumkin, keyin o'chib ketadi.

Savollar: hello@databek.com

← Bosh sahifaga